Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiyaning Qoraqalpog‘istondagi faoliyatini yoritish bo‘yicha Telegram kanal ishga tushirildi
15 Avg
Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari o‘z faoliyatining 2022 yilning 16 iyul kunidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z faoliyatini boshlagan edi.
Navoiyda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etilmoqda
13 Avg
2022 yilning 12-13 avgust kunlari Navoiy viloyati, Karmana tumanining “Malik” va “Degoroniy” MFYlarida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev Karmana tumani hokimi o‘rinbosari, tuman oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Djalilova, tuman mahalla va nuroniylarni ko‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i G.Jumayevlar ishtirok etishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasi yig‘ilishi tafsilotlari
12 Avg
2022 yil 12 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Farg‘onadagi “Jasliq” nomi ostida eʼlon qilingan xabarga Ombudsmanning yakuniy munosabati
12 Avg
Avval ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘onadagi “Jasliq” nomi ostida 2022 yil 29 may kuni tarqatilgan video xabar Ombudsman nazoratiga olingani haqida xabar bergan edik. Unda M.Qamchiyeva farzandi S.Qamchiyevga nisbatan qiynoq holatlari qo‘llanilayotganini bayon etgan.
Ish stajlari hisobga olinmagan fuqarolar manfaatida Ombudsman tomonidan sudlarga daʼvo arizalari kiritildi
12 Avg
Fuqaro S.Z., t.Q., Sh.A. va R.M.lar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) shikoyat bilan murojaat qilib, fuqarolar shikoyatlarida Jizzax shahar bo‘limi pensiya va nafaqalarni tayinlash komissiyasi qarorlarini bekor qilinishi, ular tomonidan ish stajini qayta hisoblab chiqilishida yordam so‘ragan.
Ombudsman tashabbusi bilan Navoiy viloyatidagi mahkumlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
11 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda prokuratura, sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullari hamkorligida joriy yiling o‘tgan davri mobaynida Navoiy xududida joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida sayyor qabullar tashkil etilgan edi.
Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘rganayotgan komissiya yig‘ilishida to‘plangan maʼlumotlar tahlil qilindi va keyingi rejalar belgilandi
11 Avg
2022 yilning 11 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya aʼzolari bilan birgalikda, “Madad” bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkiloti, “Demokratiya va inson huquqlari instituti”, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi, “Gumanitar huquqiy markaz”, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi kabi qator faol nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va OAV ishtirok etishdi.
Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar belgilab olindi
11 Avg
Joriy yilning 10 avgust kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgust kunidagi "Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini muhokama etish hamda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida navbatdagi video-selektor shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakilining tavsiyalari eʼtiborga olindimi?   Narkologiya tibbiyot markazining Surxondaryo filialiga qayta monitoring o‘tkazildi
10 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov 2022 yilning 23 iyun kuni Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filialida xizmat qilayotgan xodimlar va davolanayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgangan edi.