2022 yilning 31 may kuni Buxoro viloyatiga amalga oshirilgan tashrif doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Shu kuni Ombudsman qabuliga 100 nafarga yaqin fuqarolar kelib, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilishdi. Unda ishdan noqonuniy bo‘shatilgani sababli ishga tiklash, homiladorlik va tug‘ish taʼtili pulini undirish, uy-joy va yer ajratish, ijtimoiy yordam, insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llashda amaliy yordam berish, kredit va subsidiya olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.