Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman tavsiyasi bilan Toshkentdagi reabilitatsiya markazi to‘liq rekonstruksiya qilindi
24 Iyu
2022 yil 23 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) vakillari Toshkent shahar IIBBga qarashli Toshkent shahridagi “Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi”ning to‘liq rekonstruksiya qilingan binosiga tashrif buyurishdi. Shu kuni Toshkent shahar IIBB tasarrufidagi Maxsus qabulxonaning yangi binosini ham foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar va tuman kengashlari deputatlari ishtirok etishdi.
Konstitutsiyaviy islohotlar: inson qadri va xalq manfaati oliy o‘rinda
24 Iyu
Konstitutsiya o‘zida insonning xalqaro umumeʼtirof etilgan asosiy huquq va majburiyatlarini o‘zida jamlagan va oliy yuridik maqomga ega hujjatdir.
Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi zamonaviy xavf va tahdidlar sharoitida ayollar huquqlarining taʼminlanishi masalalari muhokama qilindi
23 Iyu
2022 yilning 23 iyun kuni "Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi zamonaviy xavf va tahdidlar sharoitida ayollar huquqlarini himoya qilish va ularning xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha inson huquqlari bo‘yicha milliy mexanizm va tajribalar" mavzusida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi inson huquqlari himoyasi bo‘yicha milliy mexanizmlarning ikkinchi maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi.
Navoiy viloyatida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
22 Iyu
Joriy yilning 22 iyun kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning viloyatdagi vakili tomonidan viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Xatirchi tumani hokimligi va prokurori ishtirokida “Oilada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ota-onalarning o‘rni” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Xorazm viloyatining chekka hududidan yuborilgan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
22 Iyu
Xorazm viloyati Gurlan tumani Nukus ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A.ning Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) nomiga yozgan arizasi o‘rganish uchun vakilning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorovga yuborilgan edi. Murojaatchi arizasida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli nogironlikni belgilash hamda ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha yordam so‘ragan.
Bosh prokuratura Akademiyasi tinglovchilari Ombudsmanlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi
21 Iyu
2022 yilning 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi prokuratura organlari rahbar kadrlarini kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova hamda Bolalar Ombudsmani A.Yunusova bilan uchrashishdi. Uchrashuvda tinglovchilar Ombudsmanlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ularning inson va bolalar huquqlarini taʼminlashdagi faoliyati, Ombudsmanlarga yuborilayotgan murojaatlar mazmuni bilan tanishdilar.
Ichki ishlar organlari xodimlari bilan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
20 Iyu
Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-sentyabrdagi Farmonida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish Ombudsmanning inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashdagi eng ustuvor vazifasi etib belgilangan.
Toshkent viloyatidagi 42-son Manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
20 Iyu
2022 yil 14 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati masʼul xodimlari erkak va ayol mahkumlar jazo o‘tashlari uchun mo‘ljallangan Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 42-son Manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
Kosondagi 10-sonli jazoni ijro etish koloniyasi holati o‘rganildi
19 Iyu
Joriy yilning 11 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Koson tumanidagi 10-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.