Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Toshkent viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
11 Okt
2022 yilning 11 oktyabr kuni “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Toshkent viloyatining Oxangaron shahrida o‘tkazildi. Bunda asosiy eʼtibor so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarga, xususan inson huquqlari va erkinliklariga hamda fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlarga qaratildi.
Maldiv Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonning “Mehr” operatsiyalari bo‘yicha tajribasini o‘rganish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi
10 Okt
2022 yilning 10 oktyabr kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar Ombudsmani)ni Aliya Yunusova Maldiv Respublikasi Ichki ishlar vaziri Shayx Imron Abdulla boshchiligidagi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi.
Ombudsman taqdimnomasiga ko‘ra kasb kasalligiga uchragan fuqaroga 191 mln so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni to‘lab berilmoqda
10 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) fuqaro B.I. sug‘urta shartnomasi bo‘la turib, sug‘urta tovoni to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qildi.
“Ombudsman klubi”ga aʼzo eng faol talabalar taqdirlandi
06 Okt
2022 yilning 6 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tibbiy yordamga muhtoj bemorga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan shifokorlarga “hayfsan” berildi - Ombudsman
05 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) 4-son shahar klinik shifoxonasining shifokorlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan fuqaro murojaati kelib tushdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazdi
04 Okt
2022 yilning 29 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatiga amalga oshirilgan tashrif doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Shu kuni Ombudsman qabuliga 20 nafarga yaqin fuqarolar kelib, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilishdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabulida qanday masalalar ko‘tarildi? 
03 Okt
2022 yilning 30 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) navbatdagi fuqarolar  qabuli bo‘lib o‘tdi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
30 Sen
Maʼlumki, joriy yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida respublika hududlarida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Ombudsman boshchiligida Qashqadaryodagi yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
28 Sen
2022 yilning 22-25 sentyabr kunlari Ombudsman tomonidan qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga milliy preventiv mexanizm doirasida monitoring tashrifi amalga oshirildi.